Zakot berish xaqida
Assalomu alaykum! Oilamizda akam men va otam ishlaymiz. Akam xam men xam oilalimiz va biz bir xovlida turamiz. Akamda 3 ta farzand bor. Menda esa xozircha yo‘q. Akam ikkimizning oylik daromadimiz o‘rtacha 1 yarim milyon atrofida. Biz xar gal daromadimizni ota onamga beramiz. Va zarur bo‘lganda ulardan so‘rab olib ishlatamiz. Akam ikkimizning yillik daromadimizni xisoblasak zaruriy extiyojdan tashqari nisobga etmaydi. Dadam esa bizdan ko‘proq daromad topadilar. Dadamning yillik daromadlari xam menimcha nisobga etmaydi ( yana bilmadim) Ota onam. akam uchun uy sotib olgani pul yigyaptilar. Xozir bu pullar 3500 dollar bulgan. Bu pullarni ichida qaytarilishi kerak bo‘lgan to‘yona pullar igrushka (gap) pullar xam bor. Va taxminan donasi 2 yarim milyon so‘mga baxoga teng 4 ta qo‘y xam bor. Va yana baxosi taxminan 2500 dollarga teng avtomobilimiz bor. Savolim zakot bizlarga vojib bo‘ladimi. Shu o‘rinda siz aziz ustozlardan bir iltimosim bor. Men va ayolim 1yarim yildan buyon farzandli bula olmayapmiz. Tibbiy tomondan muammo yo‘q Allohimni sinov bor shekili.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot dadangizni mablag‘i alohida sizniki alohida akangizniki alohida shaxsiy mulki bo‘lgan holatda nisobga etsa keyin o‘sha nisob egasiga farz bo‘ladi. Pullar otangizga berilsa otangizni shaxsiy mulkiga aylansa keyin otangizga farz bo‘ladi. Uy olish uchun yig‘ayotgan bo‘lsa ham. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 140 | Zakot