Savdodagi o‘rtakashlar

Assalomu alaykum! Men bozorda ishlayman va shunday kishilar bor, ular hech kimni qo‘lida ishlamaydi. Bozorga xaridor kelgan vaqt ular o‘sha xaridordan nima kerakligini so‘rab topib berishadi. Misol uchun xaridordan "sizga nima kerak" deb so‘rasa xaridor "1 kg miq" desa o‘sha odam borib 1kg miqni 5000 so‘mga oladi va xaridorga 6000 ga sotadi. Aksar xolatlarda u kishilar 1 so‘m tikmay undan bunga olib sotib tirikchilik qilishadi. Shuni hukmini tushuntirib bersangizlar. 

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularning bu ishlari joiz emas. Chunki ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Mulkingda bo‘lmagan narsani sotma” degan hadislariga zid. Agar mijoz bilan “Sizga ishchi bo‘lib kerakli narsalaringizni olib kelib beraman, faloncha xizmat haqimni berasiz” desa unda joiz. Bu ijaraga yollanish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar