Ayol kishi majbur bo‘lsa uydan iznsiz chiqib ketishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Men yaqinda qonuniy va shariy nikox asosida turmush qurdim. Turmush o‘rtog‘im to‘ydan keyin uyga kelmasdi. Uning 5 yildan buyon boshqa ayol bilan yashab kelayotganini bildim. Oilamni saqlab qolish maqsadida bundan xabar topsamda bildirmasdan, iloji boricha ko‘proq mexr berib yashashda davom eta boshladim. Ammo u ayol mening nega uydan ketib qolmayotganimga xayron bo‘lib, demak "uylangan qizingiz bokira bo‘lmagan, sizdan boshqa "tanishlari" bo‘lgan, bo‘lmasam siz bilan urush qilib onasinikiga ketardi" debdi. Turmush o‘rtog‘im bu gaplarga ishonib butun oila a’zolari va meni oila a’zolarimni yig‘ib meni bokira bo‘lmaganimmi aytib sharmanda qildi. Qaynona va qaynotam xam bu gaplarga ishonib meni xaqoratlay boshladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu ishlarni gunohlarimga kafforat deb qabul qiling va faqat-faqat Allohgagina yolvorib duo qilishda davom etavering. Oisha roziyallohu anhodek onamizga tuhmat qilinganida sizu biz kabilarga tuhmatni bo‘lishi ajablanadigan hol emas. Bunday o‘rinlarda qilinishi kerak bo‘lgan ish chiroyli sabr. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar