Birovning brendini ko‘chirma qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni bir saryog‘ savdosi bilan shug‘ullanuvchi firma ishga taklif qilmoqda. Gap shundaki bu firma bir mashxur saryog‘ning nomini va imidjidan deyarli birga bir ko‘chirma qilgan faqatgini nomining oxirgi harfini boshqacha qilgan xalos. Masalan mashxur saryog‘ning nomini TOShKENT deb olsak bu firma o‘z saryog‘ini TOShKEN deb nomlagan. O‘ylashimcha saryog‘ xarid qilayotga 10 ta mijozdan 8 tasi original saryog‘ni olayabman deb o‘ylaydi. Lekin saryog‘ni o‘zini tatib, ko‘pchilikka ham edirib ko‘rdim hamma bir ovozdan maqtadi, originalidan qolishadigan joyi yo‘q deyishdi. Va qo‘shimchasiga bu saryog‘ originalidan ikki barobar arzon. Hurmatli ustozlar agar bu firma o‘z saryog‘i nomini o‘zgartirmasa ularda ishlashim nojoiz bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni ishlashingiz joiz. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni ishlashingiz joiz. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat