Qadai oxir haqida
Assalomu alaykum! Qadai oxir haqida ushbu savolni berganimda. "Qa’dai oxir mutavotir sunnat bilan farz bo‘lganmi? Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat". Quydagi javobni berdingizlar. Va alaykum assalom! Qa’dai oxirining farzligi hadis bilan sobit bo‘lgan. Vallohu a’lam. «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati Ming bor uzr yana qayta so‘rab vaqtingizni olganim uchun. Xar kuni qiladigon amalimni yahshi bilish maqsadida so‘rayapman iloji batafsil tushuntirib bersangizlar? Hadis bilan deganingizni tushunmayapman axir mutavotir va mashxurdagilar ham hadisku shuningdek ba’zi kitoblarda Qur’oni karim ila mutavotir va mashuxur ila farzlar sobit bo‘ladi deyilgan. Ming bor uzr vaqtingizni olganim uchun javobingiz uchun oldindan kattadan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz ruknlari ikki qismga bo‘linadi. Asliy va g‘oyri asliy. Qa’dai oxir g‘oyri asliy, ya’ni asliy bo‘lmagan rukn hisoblanadi. Uning farzligi mutavotir hadis bilan sobit bo‘lmagan. Buxoriy rivoyat qilgan hadisda : Rosululloh sollallohu alayhi vasallam a’robiyga namozni ta’lim berayotib : “Boshingni oxirgi sajdadan ko‘tarsang va tashahhud miqdoricha o‘tirsang namozing to‘liq bo‘ladi” deganlar. Ushbu hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam namozning to‘liq bo‘lishini qa’dai oxiriga bog‘liq qilganlar. Bu erdagi namozning to‘liq bo‘lishidan murod farzlarning to‘liq bo‘lishidir. Chunki namoz ibodati u bilangina kifoyalanmaydi, balki undan keyin o‘qiladigan tashahhud va salovatlar ham bor. Shundan kelib chiqadiki, namozning tamom bo‘lishidan murod faqat farzi tamom bo‘ladi. Usiz namoz tamom bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:08 | Savol-javoblar | 227 | Turli savollar