Kafforat ro‘za

Assalomu alaykum! Kafforat ro‘zasini tutayotganda qaysi sabablarga ko‘ra to‘xtalish bo‘lganda ro‘zani kelgan sanoqdan tutish mumkin? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! SAVOL: Zimmasiga kafforot lozim bo‘lgan kishi ikki oy ketma-ket ro‘za tutmay, oltmishta miskinni taomlantirsa ham bo‘laveradimi?
JAVOB: ro‘za tutishga qodir bo‘la turib taomlantirish bilan kafforot ado bo‘lmaydi.

فَيَعْتِقُ أَوَّلًا فَإِنْ لَمْ يَجِدْ صَامَ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ أَطْعَمَ سِتِّينَ مِسْكِينًا
Kafforotni ado qilishda avvalo, bir qul ozod qilish darkor. Uni topa olmasa, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishi lozim. Bunga qodir bo‘lmasa oltmishta miskinni taomlantishi kerak.  Roddul Muhtor.

SAVOL: Kafforot ro‘zasini tutayotgan ayol hayz ko‘rib qolsa nima qiladi?
JAVOB:  Qasddan ro‘zasini ochib qo‘ygani bois ikki oy kafforotini tutayotgan ayol orada hayz ko‘rib qolsa, kafforotni qaytadan boshlashi shart emas. Uzrlari ketgach davom ettirib ketaveradilar.
فَلَوْ أَفْطَرَ وَلَوْ لِعُذْرٍ اسْتَأْنَفَ إلَّا لِعُذْرِ الْحَيْضِ
Kafforot ro‘zasini tutayotgan kishi yo ayol qaysidir uzr tufayli ikki oy ichida biror kun ro‘zasini ochib  yuborsa qaytadan boshlaydi. Hayz ko‘rish bundan mustasnodir. Nifos esa mustasno emas.  Roddul muhtor.

SAVOL: Ramazonning qazosi va kafforotini tutayotgan kishi subhi sodiqqacha niyat qilolmay qolsa nima qiladi?
JAVOB: Ramazonning qazosi va kafforotini tutayotgan kishi subhi sodiq kirmasidan avval ro‘za tutishlikni niyat qilishlari shart. Agar niyat qilolmay subhi sodiqdan keyin niyat qilsa niyati e’tiborli bo‘lmaydi. Shuning uchun saharlikka turolmay qolishidan qo‘rqqan kishi quyosh botganidan keyin ertangi kunning qazo va kafforotini tutishni niyat qildim, desa kifoya qiladi. 
وَلَوْ قَالَ نَوَيْت أَنْ أَصُومَ غَدًا إنْ شَاءَ اللَّهُ - تَعَالَى - صَحَّتْ نِيَّتُهُ هُوَ الصَّحِيحُ كَذَا فِي الظَّهِيرِيَّةِ
Agar ertaga ro‘za tutaman Insha Alloh, desa niyati durust bo‘ladi. Bu gap sahih qavldir. Zohiriyyada ham shunday keltirilgan. Fatavoi Hindiya.
SAVOL: Ikki oy kafforot ro‘zasini tutayotgan kishi o‘rtada bemor bo‘lib qolsa nima qiladi?
JAVOB: Bemorligi tufayli kafforot ro‘zani oxirigacha tutolmay qolgan kishi sog‘ayib ketgach boshidan boshlab ikki oy ro‘za tutadi.

فَلَوْ أَفْطَرَ وَلَوْ لِعُذْرٍ اسْتَأْنَفَ إلَّا لِعُذْرِ الْحَيْضِ
Kafforot ro‘zasini tutayotgan kishi yo ayol qaysidir uzr tufayli ikki oy ichida biror kun ro‘zasini ochib  yuborsa qaytadan boshlaydi. Hayz ko‘rish bundan mustasnodir. Nifos esa mustasno emas.  Roddul muhtor.
SAVOL: Qasddan bir necha ro‘zasini ochib yuborgan kishiga necha marta kafforot lozim bo‘ladi?
JAVOB: Bir Ramazon oyining bir necha ro‘zasini qasddan ochgan kishiga bitta kafforot kifoya qiladi. Bir necha Ramazon oyining ro‘zalarini qasddan ochgan kishiga har bir Ramazon oyi uchun alohida-alohida kafforot to‘lashi lozim bo‘ladi.

فَإِنَّ مَنْ أَفْطَرَ فِي رَمَضَانَ مِرَارًا إنْ كَانَ فِي يَوْمٍ وَاحِدٍ كَفَتْهُ كَفَّارَةٌ وَاحِدَةٌ بِالْإِجْمَاعِ وَإِنْ كَانَ فِي رَمَضَانَيْنِ لَزِمَهُ لِكُلِّ يَوْمٍ كَفَّارَةٌ بِالْإِجْمَاعِ وَإِنْ لَمْ يُكَفِّرْ لِلْأَوَّلِ فِي الصَّحِيحِ وَإِنْ كَانَ فِي رَمَضَانَ وَاحِدٍ فَأَفْطَرَ فِي يَوْمٍ وَاحِدٍ ثُمَّ فِي يَوْمٍ آخَرَ فَإِنْ كَفَّرَ لِلْأَوَّلِ لَزِمَهُ كَفَّارَةٌ لِلثَّانِي بِالْإِجْمَاعِ وَإِنْ لَمْ يُكَفِّرْ لِلْأَوَّلِ كَفَتْهُ كَفَّارَةُ وَاحِدَةٌ عِنْدَنَا
Bir Ramazon oyining bir kunida bir necha bor eb yuborib ro‘zasini qasddan ochgan kishi bitta kafoorot to‘lashi borasida ulamolar ittifoq qilishgan. Agar ikki Ramazon oyida shu ishlar sodir bo‘lgan bo‘lsa, garchi keyingi oyning kafforotini ado qilayotganda avvalgi Ramazonning kaforotini ado qilmagan bo‘lsada, har bir oy uchun alohida – alohida kafforot vojib bo‘ladi.
Agar bir Ramazon oyining bir necha kunlarida qasddan ro‘zasini ochib yuborgan bo‘lsa, birinchisiga kafforotini ado qilib bo‘lgan bo‘lsa ikinchisini kafforoti lozim bo‘lishi borasida ulamolar ittifoq qilishgan. Agar birinchisiga kafforot to‘lamagan bo‘lsa, u holda bizning nazdimizda ikalasiga bir kafforot to‘lovini bajarishi lozim bo‘ladi.  Javharotun Nayyiroh.
SAVOL: Kafforot vojib bo‘lishini bilmasdan Ramazonning ro‘zasini qasddan buzib qo‘ygan kishiga ham kafforot lozim bo‘ladimi?
JAVOB: Ramazon ro‘zasini qasddan buzganga kafforot lozim bo‘ladi. Masalani bilmasligi uzr sanalmaydi. Shuning uchun ketma-ket ikki oy ro‘za tutadi. Agar unga qodir bo‘lmasa, oltmishta miskinni ikki mahal ovqatini beradi.

وَمَنْ جَامَعَ عَامِدًا فِي أَحَدِ السَّبِيلَيْنِ أَوْ أَكَلَ أَوْ شَرِبَ مَا يُتَغَذَّى بِهِ أَوْ يُتَدَاوَى بِهِ فَعَلَيْهِ الْقَضَاءُ وَالْكَفَّارَةُ  فَيَعْتِقُ أَوَّلًا فَإِنْ لَمْ يَجِدْ صَامَ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ أَطْعَمَ سِتِّينَ مِسْكِينًا
Kim ikki yo‘lning biriga qasddan yaqinlik qilsa, ozuqa yoki davo bo‘ladigan narsani eb-ichib qo‘ysa uning zimmasiga qazo va kafforot lozim bo‘ladi. Unda  avvalo bir qul ozod qiladi. Topolmasa ikki oy ketma-ket ro‘za tutib beradi. Unga ham qodir bo‘lmasa, oltmish miskinni to‘ydiradi. Javharotun-Nayyiroh, Roddul Muhtor.
SAVOL: Zimmasiga kafforot lozim bo‘lgan kishi ikki oy ketma-ket ro‘za tutmay, oltmishta miskinni taomlantirsa ham bo‘laveradimi?
JAVOB: ro‘za tutishga qodir bo‘la turib taomlantirish bilan kafforot ado bo‘lmaydi.

فَيَعْتِقُ أَوَّلًا فَإِنْ لَمْ يَجِدْ صَامَ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ أَطْعَمَ سِتِّينَ مِسْكِينًا
Kafforotni ado qilishda avvalo, bir qul ozod qilish darkor. Uni topa olmasa, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishi lozim. Bunga qodir bo‘lmasa oltmishta miskinni taomlantishi kerak.  Roddul Muhtor. ("fiqh.uz" saytidan) Vallohu a’lam.

21 Aprel 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 156 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar