Telefondagi dastur

Assalomu alaykum! Doimo telefonimdagi namoz vaktlari dasturi bo‘yicha (Farg‘ona vaqti bilan) namoz o‘qib kelaman, in sha Alloh. Bugun (19.02.2019) bomdod namoziga 05:47 da eslatma berdi va men turib taxorat olib, 6:00da bomdod namozini o‘qiy boshladim. Sunnatni tugatib, farzini boshlaganimda uzoqroqdagi machitdan soat 06:05da azon chaqirishni boshladi. Ikkilanib qoldim va namozimni oxirigacha tugatib, nima qilishimni bilmay yana boshkatdan bomdod namozini o‘qidim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri o‘qigansiz. Masjidda kech azon aytibdi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar