Amakining o‘g‘li nomahramku
Assalomu alaykum! Bir tanishim "amakining o‘g‘li oldida hijob taqish shartmas" dedi. Men unga amakining o‘g‘li nomahram va nomahram inson oldida hijobsiz yurolmaydi dedim. Tanishim bu narsaga dalilim bor dedi va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Tafsiri Hilolidagi Nur surasi 31-oyat tafsiridagi Ummu Honim haqida kelgan malumotni ko‘rsatdi. Tanishim shu narsa ushlab olgan va aytadiki: Amakining o‘g‘li nomahram lekin yonida hijobsiz yursa bo‘ladi. Boshqa taraflama qarasak nomahram inson bo‘lgandanidan keyin begona insondan farq qilmaydiku hijob uchun. Shu masalada yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Amakining o‘g‘li boshqa nomahramlar kabi nomahramdir. Uning oldida ham tasatturda bo‘lish kerak. Inkor qilish joiz emas. O‘sha joyini ya’ni Ummu Honim haqida kelgan malumotni bizga yuboring. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:38 | Savol-javoblar | 152 | Ayollarga oid masalalar