Bismillahsiz so‘yilgan qo‘y

Assalomu alaykum! Bir do‘stim qo‘y so‘ygandi va menga ham bir qismini hadya qilgandi, gapdan gap chiqib undan "Bismillahi Rohmani Roxim" bilan so‘ydingmi deganimda, (men shuni so‘raganimdan keyin), u esdan chiqib qolganligini aytdi. Shu go‘shtni istemol qilsa bo‘ladimi yoki go‘sht harom hisoblanadimi(esdan chiqib qolgan bo‘lsa ham)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odam esidan chiqarib qo‘ysa halol bo‘ladi. Qasddan aytmasa yoki aytishi kerakligini bilmasdan so‘ysa halol bo‘lmaydi.Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar