Sakankurni davo maqsadida iste’mol qilish
Assalamu alaykum! Tibbiyotda sakankur degan hayvon erkaklik urug‘ini ko‘paytirish uchun ishlatilar ekan. 4 ta tabib buni xalol deb tasdiqlashdi. Aniqlik va qolganlarni boxabar qilish maqsadida sizlardan ham yana bir bor so‘ramoqchiman. Sakankurni davo maqsadida iste’mol qilish xalolmi? Ma’lumot uchun tibbiyot xodimlari sakankurni Ibn Sino, Alixonto‘ra Sog‘uniy, Abu Bakr Muxammad ar-Roziy xazratlari kitoblarida kelganini tasdiqlashdi. U odatda Misr davlatidan keltirilar ekan. Ba’zilar uni kaltakesak bilan adashtirishar ekan. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, shayx Muxammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining javoblarida "kaltakesak" deganda "sakankur" emas, "gekon" xayvoni nazarda tutilgan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizning mazhabmizda joiz emas. Fiqhda “Harom bilan davolanish” degan bob bor. Inson o‘sha bobda kelgan holatga tushsa iste’moli joiz. Bir narsani foydali ekanligi boshqa narsa, uni iste’mol qilish joizligi boshqa narsa. Tabiblar foydali yoki foydasiz ekanligini aytib beruvchi shaxslar hisoblanadi. Halol yoki harom ekanligini faqihlar aytib berishadi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 151 | Tabobat