Ayrim onalar haqida
Assalomu alaykum! Agar bir yigitning onasi nomahram erkaklardan o‘zini olib qochmasa, bu ham etmaganidek, ular bilan noshar’iy mavzularda suhbat qursa, behayo videolar ulashsa yigit onasiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Oilada otada umuman mas’uliyat bo‘lmasa, ayoli haqida o‘ylamasa, nafaqasini bermagani sababli ayol ishlasa ayb otadami? Onasining bu holatini payqab qolgan farzandlar qanday munosabatda bo‘lsin onaga? Norozi ekanligini bildirib qo‘yishi kerakmi? Volidamiz Zikr ahlidan so‘rang telegram kanalini kuzatib boradilar. Iltimos bu savolga javobni kanalda ham e’lon qilsangiz. Axir bu ish avvalo biz yigitlarning or-nomusimiz masalasiku. Sizdan Alloh rozi bo‘lsin (Iltimos mavzuni kengroq yoritib bering, zora Onamizga Alloh tavfiq bersa).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Onaga ehtiromini o‘rniga qo‘yib muomala qilish kerak. Alloh taolo "Nahl" surasida quidagicha marhamat qiladi: ادْعُ إِلِى سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ وَجَادِلْهُم بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ 125. Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing O‘z yo‘lidan adashganlarni o‘ta biluvchi va hidoyat topuvchilarni ham o‘ta biluvchidir.
Ushbu oyatda Alloh taolo Islom da’vati, asoslari va uslublarini Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va u kishi orqali yaxshilikka chorlovchi ummatlariga bayon qilib bermoqda.
Avvalo,
«Robbingning yo‘liga...»
Ya’ni da’vat Allohning yo‘liga bo‘lmog‘i kerak ekan. Ba’zi shaxslarga, guruhlarga, toifalarga emas, faqat xolis Allohning yo‘liga bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan:
«...hikmat...»
Demak, da’vat hikmat bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda da’vat qilinayotganlarning ijtimoiy, madaniy saviyasi va boshqa omillarni e’tiborga olib, og‘ir kelmaydigan yo‘sinda da’vat qilish lozim.
Uchinchidan:
«...va yaxshi mav’iza ila da’vat qil».
Shuningdek, da’vat yaxshi mav’iza orqali yo‘lga qo‘yilmog‘i kerak. Kishilarni qiziqtirish, rag‘batlantirish uchun chiroyli so‘z va gaplarni topib gapirish zarur bo‘ladi. Ularni nafratlantirmaslik lozim.
To‘rtinchidan:
«Va ular ila go‘zal uslubda mujodala et».
Har bir da’vatchi kishilar bilan go‘zal uslubda munozara qilishi kerak. Allohning yo‘liga da’vat, avvalo, fikriy harakatdir. Fikriy harakat bor joyda munozara bo‘lishi turgan gap. Islom da’vatchisi munozarani g‘oyatda go‘zal uslubda olib borishga tayyor bo‘lishi kerak. U raqibi bilan talashib, tortishib, baqir-chaqir, urush-janjal qilmasdan, raqibining ko‘ngliga yo‘l topib, unga qanoat hosil qildirib, o‘zi sezmagan holda Islomga moyil bo‘lib qoladigan darajada ustalik bilan munozara olib borishi lozim.
Beshinchidan:
«Albatta, Robbing O‘z yo‘lidan adashganlarni o‘ta biluvchi va hidoyat topuvchilarni ham o‘ta biluvchidir».
Ya’ni yaxshilikka chorlovchi o‘z vazifasi da’vat qilish ekanini, hidoyat va zalolat Allohga bog‘liqligini hech qachon unutmasligi kerak.
Islomga da’vatning asosiy qoidalari shulardan iborat. Gohida hikmat va yaxshi mav’iza ila Allohning yo‘liga chaqirayotgan yaxshilikka chorlovchilarga qarshi dushmanlik, tajovuzkorlik sodir bo‘lishi ham mumkin. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush