Bemorligim sabab ro‘za tutolmayapman

Assalomu alaykum! Azizlar Sizlarni Ramazon oyi bilan muborakbod etaman! Man 2002-yildan beri xidoyat yo‘lidaman. Doimo namoz va ro‘zalarni to‘kis ado etib kelganman. 2014 yilda menda bosh miya saratoni aniqlandi, 2015-yilda jarroxlik amaliyoti amalga oshirildi. Lekin o‘simta to‘liq olib tashlanmadi, sabab juda chuqurga o‘sib ketgan ekan. Xozirgi kunda II-gurux nogironiman. 3 yildan beri ishsizman, nafaqa olaman 4 nafar voyaga etmagan farzandim bor. Vrachlarning tavsiyasiga ko‘ra kaloriyasi yuqori mahsulotlarni doimo iste’mol qilib turishim zarur. Shunga ro‘za tutolmayman. Fidya xam to‘la olmayman, chunki nochor axvolda xayot kechiraman. Shunga savolim ushbu zimmamdagi qarzni qanday bajarish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday holatda istig‘for aytasiz, qodir bo‘lganingizda berasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar