Ism qo‘yishga qasam ichish

Assalomu alaykum! Men uzoq vaqt mobaynida farzand ko‘ra olmadim. Keyin niyat qildim Allohim menga farzand bersang ismini albatta Muhammadsiddiq qo‘yaman deb qasam ichdim. Alloh farzand bermadi. Keyin yana niyat qildim Allohim menga farzand ber ismini albatta Muhammadahmad qo‘yaman dedim. Shundan keyin ayolim xomilador bo‘ldi. Inshaalloh 2 oydan keyin farzand ko‘raman, ismini nima deb qo‘yay? Ikkovida xam qasam ichganman. Uyda ota-onam Muhammadsiddiq qo‘yamiz deyishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bittasini qo‘ysangiz boshqasiga qasamning kafforatini to‘laysiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar