Ayollarning nomahram ayollarga ro‘molsiz ko‘rinishlari

Assalomu alaykum! Alloh nasib qilsa yaqin orada uylanadigonman. Onam va opalarim sovchilikga yurishibti. Savolim shundaki onam sovchilikga borganlarida qizni ro‘molsiz korishga, romolingizni echolasizmi sizni ko‘rmoqchimiz deyishga haqqilari bormi? Gap shundaki ba’zi bir tanishlarim to‘ydan oldin qizni romolsiz ko‘rishmagan, keyin esa qizning boynida yoki tomog‘ida hunuk nuqsoni bo‘lgan. Qiz tomon ham bundan ogohlantirmagan. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onangiz qiz ro‘molini echishni so‘rasalar bo‘ladi. Lekin qiz bu ishni qilishga majbur emas. Odatda kelinning erkak kishi qarashi mumkin bo‘lmagan joylarini ayollar ko‘rib keladi. Bunda hech qanday muammo yo‘q. Siz aytgandek nuqsonlar bo‘lsa va kelin taraf buni aytmagan bo‘lsa, shariatimizda kuyov mahrni qaytarib olib ajrashishga haqqi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar