Banklarda omonat yoki boshqa moliyaviy masalalar

Assalomu alaykum! 1. Man bankga omonat ya’ni ma’lum bir miqdorda pul mablag‘ini qo‘ysam va bu pul mablag‘i foiz orqali ma’lum bir miqdorda ko‘paysa, bunga dinimiz nima deydi? 2. Qo‘y olmoqchimiz, bir odam boqib beraman dedi. Qo‘ylarni bolalarini olish niyatimiz bor boquvchi o‘zim emishini xal qilaman degan. Bu uchun pul olmayman degan, o‘rtada boshqa shart bor, u xam man xam rozimiz, vaqt o‘tib qo‘ylar katta bo‘lganda sotsak pulimiz o‘z o‘zidan ko‘paysa bu pul xalolmi? 3. Dollar olib qo‘yib qo‘ysak dollarni xozir 10.000dan olamiz kelajakda masalan 12.000dan sotsak bu daromad xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sudxo‘rlik deydi. 2). Bunday shart qo‘ymanglar. Aksincha qo‘yni pulini yarmini qo‘y boquvchiga qarzga beringlar. Sheriklikda olgan bo‘lasizlar, foydaga ham sherik bo‘lasizlar. 3). Ha. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:59 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar