Bank plastik kartasi

Asalomu aleykum. Alloh taologa hamnd, Payg‘ambarimiz Muhammad sallolohu aleyhi vasalam ga salovat salomlar, musulmonlarga Allohning rahmati bo‘lsin.bank plastik Kartasi ichidagi pulni yoki hisob raqamdagi pulni naqtlashtirish uchun ustama foyizi olinishi harom dib Muslimat.uz sayt da o‘qidim.  Asos qilib bitta hadis ko‘rsatilgan. Hadis.Abu Said Al Xudriy roziollohu anhudan rivoyat: Rosulluloh sollalohu alayhi va sallam: "Oltin ~ oltinga, Kumush ~ kumushga, Bug‘doy ~ bug‘doyga, Arpa ~ arpaga, Hurmo ~ hurmoga va Tuzni tuzga almashganingizda tegma - teng va qo‘lma - qo‘l alishingiz.  endi kim ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni so‘rasa, bas u ribo qilibdi. Oluvchi ham, beruvchi ham tengdir. Dedilar.Hadisda qo‘lma qo‘l alishingiz. Deyilmoqda. Plastik kartada naqtlashtirishda qo‘lma qo‘l bo‘lmayapti. 1- bank foyizi 1%. Davlat solig‘i 5% Yana boshqa ko‘p yoqotishlar bor. kartadagi pulga bank va davlat boshqa joylar ham siz hohlamasez ham sherik bo‘ladi. Qo‘lma-qo‘l berilvotimi shu pul? yo‘q albatta. kartadagi pul vaqtida ko‘rinmidi. Kartadagi pulni jamg‘ara olmaysiz 1 yilda u pul inflyatsiya bilan yoqotiladi. qog‘oz yoki elektron pulning o‘zi shariy pul emas. Buni yaxshilab o‘rganib keyin fatvo chiqarila. Sisitemani tuzumni o‘zi shunga majbur qisa biza tijorat bilan shug‘illanmilikmi? Naxtga ham plastikka ham shu narx diylikmi? Plastikdegi pulni naxti kerek bo‘sa foyizga yechmilikmi? Bu ilojsiz narsamasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson tug‘ilganidan to joni chiqqunicha Alloh taoloning imtihonida bo‘ladi. Hatto joni chiqayotganida ham shaytonning makri va nishonida bo‘ladi. Imtihonlarning eng qattig‘i payg‘ambar alayhimussalomlar va ularga muqarrab bo‘lgan kishilarga bo‘ladi. Alloh taolo “Sod” surasida marhamat qiladi : وَلَقَدْ فَتَنَّا سُلَيْمَانَ وَأَلْقَيْنَا عَلَى كُرْسِيِّهِ جَسَدًا ثُمَّ أَنَابَ۝ 34. Batahqiq, Sulaymonni sinadik. Uning kursisiga jasadni tashladik. So‘ngra u tavba qildi. Demak, Sulaymon alayhissalom ham boshqa payg‘ambarlar singari, xususan o‘z otalari Dovud alayhissalom kabi, Alloh taoloning sinoviga uchraganlar. Sinovning bir qismi u kishiga otlarning ko‘rsatilishi edi. Sulaymon alayhissalom otlarga berilib, ibodatga beparvo bo‘ladilar. Tabiyki hozirgi kundagi insonlar ham imtihondalar. Kimdir kasbidan, kimdir oilasidan yana kimdir boshqa narsalardan imtihon qilinmoqda. Sayt xodimalari shariat hukmini aytganlar xolos. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar