mavlud

1-savol.Assalomu alaykum shayx xazratlari xozir mavlud oyi mavlud o‘qiyotgan paytda bazi joylariga kelganda imom domlamiz o‘rnimizdan turib salovat aytamiz dedilar hamma turib salovat aytdi buning sababini bir kishidan surasak bu amalni qilsh kerak bo‘lmasa gunohkor bo‘lasizlar dedi lekin sababini so‘rasak aytib bera olmadi shu sababli sizga murojat qilayapmiz. Hudo hohlasa batafsil echib berasiz degan umddamiz .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mavludda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari haqidagi jumlalar o‘qilganda o‘rnidan turishni mahalli qiyom deyiladi.Mahalli qiyom haqida va unda o‘qiladigan matn haqidagi ixtiloflar ko‘pchilik afsusiga sabab bo‘lgan. Mavlud yaxshi niyat bilan boshlangan ish bo‘lganidan keyin unda bu kabi noqulay holatlarning yuzaga kelishi tamoman maqsadga nomuvofiq ishdir.Mahalli qiyomda, ya’ni, Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari haqidagi xabar o‘qilganda mavlud ishtirokchilarining o‘rindan turishlari juda ham tortishadigan masala emas. Turishni istaganlar tursin, istamaganlar turmasin. Ammo, eng muhimi, ixtilof qilmasin, birbirlari bilan janjal qilmasin.Nima qilib bo‘lsa ham, bu masalada musulmonlar orasida ixtilof qo‘zg‘almasligi uchun chora ko‘rish lozim. Mandub bid’at narsani qilaman deb, harom ishga qo‘l urmaslik lozim.Eng muhimi, mavlud marosimiga kelganlar Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning haqlarida kerakli ma’lumotlarni olsinlar, o‘zlarida lozim bo‘lgan ma’rifat hosil qilsinlar. Bid’at-xurofotlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasin! Barcha yaxshiliklar targ‘ib qilinsin!

1 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 165 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar