Farzandni qaytarib olish

Assalomu alaykum! Bir ayol kup yillar befarzand o‘tayotgan ovsiniga tug‘ilajak qizini berishni niyyat qilgan. Ovsinlar ozaro kelishishgan, keyin aka-uka xam shu amaliyotga izin berishgan. Qiz tug‘ilishi bilan aka qizini ukasini xotiniga topshirgan. Oradan 3 yil o‘tib qizni tarbiyasiga olgan kelin bolani ota-onasidan ajratgan, bir necha yillardan keyin vazyat biroz yumshagan. Mana xozir qiz 15 yoshda. Endilikda uka xam uninig ayoli xam qizni nasabiy ota-onalaridan qizning aloqalarini mutlako uzish payiga tushib qolganlar. Shu vazyatda qizning nasabiy ota-onasi bolani o‘zlariga qaytarib olishlariga sharan xaqqilari bormi? Shu bilan birga qizni 15 yil tarbiya qilganlari uchun uka va uninig ayolidan ularning va qizlarining biror shariy qarzlari bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onasi kim bo‘lsa qaytarib olishga haqqi bor. Boqqanlar boqqanligi savobiga ega bo‘lishadi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar