Riboga kiradimi

Assalomu alaykum! Bir savdogar mendan bir necha yil oldin naqd pul qilib beraman deb plastigimni olgan edi. Lekin bir necha marta oldiga borsam ham pulimni bermadi. Allohdan qo‘rq desam, qo‘lingdan kelganini qil deb pulimni eb ketdi. Hozir esa Alloh insof berib pulimni qaytib bermoqchi, inflatsiya hisobiga o‘sha paytdagi pulimni dollarga bichib olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dollargina bichib olmasdan, ulamolar, “Pul kasod darajasida infelyatsiyaga uchrasa o‘sha vaqtdagi tillaning qiymatiga to‘g‘rilab olish joiz” deganlar. Shunday bo‘lsa ham bergan pulingizni boshqa valyutada oling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:04 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar