Yaqinlarimiz namoz o‘qishiga turtki berish
Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahli hay’ati a’zolari men bir masalada o‘z savolimga javob topa olmay sizlardan so‘rashni ixtiyor qildim. Alhamdulillah oilamizda hamma namoz o‘qiydi. Ammo so‘nggi paytda dodamlar namozlarini tashlab qo‘yganlar. Avvalo qiz bola bo‘lganim uchun sababini so‘rashga uyalaman. Ammo dadamlar tahoratni ushlay olmayotganlari uchun o‘qimayotgan ekanlar dedilar. To‘g‘risi, hayron qoldim. Chunki ular juma va hayit namozlariga chiqadilar. Shuning uchun bu ularning dangasaliklaridan deb o‘yladim(xarakterlaridan kelib chiqqan holdagi fikrim). Axir namozlarga ko‘p vaqt ketmaydi va tabiiyki, juma namozlarida xutba bilan ko‘proq vaqt talab qilinadi. Ular esa jumaga juda erta yo‘l oladilar. Shunday holatda men nabira bo‘lib ularning 5 vaqt namozlarini o‘qishga turtki bersam bo‘ladimi? Chunki qolgan oila a’zolarim ularning ko‘ngillariga qarashadi. Men esa u dunyoda so‘raladigan narsa birinchi navbatda namoz ekanini o‘ylab kuyunib ketaman. Ba’zida opamlarda ham bu holatni kuzataman. Ya’ni namozga dangasalikni. Shunda men qanday qilib namozni ularga yaxshi tomonlama ko‘rsatishim mumkin? Chunki ba’zida jizzakilik qilib qo‘yyabman. Javob uchun oldindan rahmat. Qimmatli vaqtingizni olgan bo‘lsam ming bor uzur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz vaqti bo‘lganida ziyraklik va farosat bilan Doda tahoratga suv qilib qo‘ydim, namozingizni o‘qib oling deb chiroyli muomala bilan ayting. O‘qisa o‘qidi, o‘qimasa zimmangizda eslatib qo‘yish. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz vaqti bo‘lganida ziyraklik va farosat bilan Doda tahoratga suv qilib qo‘ydim, namozingizni o‘qib oling deb chiroyli muomala bilan ayting. O‘qisa o‘qidi, o‘qimasa zimmangizda eslatib qo‘yish. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 154 | Namoz