Allohning zikri
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, iloxim ilmingizni bundan xam ziyoda qilsin. Men najas bor joylarda Allohni nomini zikr qilib bo‘lmasligini yaxshi bilar edim. Lekin bugun Juma nomozi o‘qish uchun ketayotib yo‘lda Allohga xamd aytishni boshlab tugatish arafasida mendan 7-8 metr narida 2-3 arava to‘kilgan mol go‘ngini (axlatini) ko‘rib qolib ikkilanib qolib arang yakunladim. Bunday xolatlarda qanday yo‘l tutish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Najas bor joydan murod hojatxona yoki alohida axlat to‘kiladigan joylar iroda qilingan. Yosh bolalar bavl qilgan gilamlar bor uyda zikr qilish joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:18 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar