O‘tgan yilning nisobidan ham zakot beriladimi?

Assalomu alaykum! Pul nisobga etib, zakot berilgan bo‘lsa, kelgusi yil zakot bermoqchi bo‘lsa, oldingi yil zakot chiqarilgan mablag‘ yana zakotga qo‘shib xisoblanadimi yoki yig‘ilgan mablag‘dan bir marta zakot chiqariladi xolosmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘lidagi boridan har yili zakot chiqaraveriladi. Zakot haj emaski bir marotaba ado qilsa bo‘ladigan. Yangi qo‘shilsa yangisidan ham eskisidan ham beriladi. Kamaysa va nisob miqdoridan ozaymasa o‘sha kamayib qolgan miqdoridan ham beradi. Qo‘ldan ketganidangina berilmaydi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 144 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar