Yashirincha foydalanishdagi holat

Assalomu alaykum! Yaqinda gazdan 2 mln ga yaqin qarzimiz borligi uchun gaz tarmog‘idan onlayn uzildik. Otam vaqtinchalik foydalanish uchun pramoy (gazdan hisoblagichdan o‘tmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish) qildilar. Bunga buvam (otalari) qarshilik qilsalarda parvo qilmagan kishi men (o‘g‘illari) aytsa pisand ham qilmasliklari aniq. Bu holatda gaz taftida qizigan barcha narsalardan chetda bo‘lishga Alloh qodir qilganicha uzoqlashyapman. Tahoratda ham issiq suv bo‘lsada yaxtayidan foydalanyabman, shu gazga pishirilgan nonlarni ham istimol qilmayomman. Lekin butkul foydalanmaslikni iloji yo‘q? Shu orada biroz tobim qochim shamollab ham qoldim. Savol: Inson o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda junubot (g‘usl vojib) bo‘lib qolsa - agar shamollagan bo‘lsam, havo juda sovuq bo‘lmasada sovuqroq bo‘lsa, shu gazda qizigan issiq suvdan foydalanganim ma’qulmi, tayammum qilganim ma’qulmi yoki sovuq suv bo‘lsada shu suvga g‘usl qilganim? 2. Mani bir fikr o‘ylantiradi doim. Shayton va Nafs jumlasini ajrata olmayman. Masalan Alloh asrasin, biron gunoh ish qilib qo‘ysam, bu ish qilishga o‘z nafsim sababchi bo‘ldimi yoki shayton? Biron go‘zal sunnatni bilsam, (qilish juda katta savob, qilmaslik gunoh emas bo‘lgan amal) shuni qilmoqchi bo‘laman, hayolimda ham Oxirat uchun juda foydali amalligini ongimda singdirib tursam ham, jismim bo‘ysinmaydi. Shu holatda o‘z nafsimga bo‘ysingan bo‘lamanmi yoki shayton nayranglariga tushub qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz foydalaning otangizga aytmasdan pulini to‘lashga harkat qiling. Insonning tabiatiga gunohlarni qilish iste’dodi kiritilgan. Insonda ikki unsur bor. Biri fisqi-fujur qiladigan unsur, ikkinchisi taqvoga boshlaydigan unsur. Inson fisqi-fujurga yaqinlashsa yoki u haqida o‘ylasa fisqi-fujurga olib boradigan o‘sha unsur ishqalanadi, harakatga keladi va ma’siyat sodir bo‘lishigacha olib boradi. Taqvoli insonlarga, pandu-nasihatlarga yaqinlashsa taqvo unsuri ishqalanadi, harakatga keladi va sohibini ham o‘sha ishlarni qilishga undaydi. Shuning uchun Alloh taolo Qur’oni karimda “Sodiqlar bilan birga bo‘linglar, ularni safida bo‘linglar” deb buyurgan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar