Kasbim xalolmi
Assalomu alaykum! Men banka xodimlar bilan ishlash bulimi boshligi lavozimida ishlayman. Mening vazifam xodimlarning ishga Kirishi, bushashi, Bir lavozimdan boshkasiga utishi, malaka oshirishga ukishga borishini tashkilllashtirish va buyruk bilan rasmiylashtirish, ish kuni davomida xodimlarning uz ishlarini sifatli bajarishlarini nazorat kilish, xodimlarning uz vaktida va belgilangan formada ishga kelishlarini nazorat kilish, intizomni buzgan xodimlarga intizomiy jazo kullash to‘g‘risida buyruklarni chikarishdan iborat. Umumiy aytsam, xodimlar bilan boglik bulgan ishlarni bajaraman. Bu uchun bank manga oylik maosh tulaydi. Bankning daromad manbai mijozlarga bergan kreditlardan keladigan foiz xisoblanadi. ( 60-70foiz daromadi) Bank shu daromadidan xodimlarga oylik maosh tulaydi. Foiz xaromligini, Ribo ekanligini bilaman. Shunda mening topgan pulim xam xarommi. Sayta berilgan javoblarni ukidim. Ayrim xolatda, (kompyuter ustasiga berilgan javob) ulamolar ishlash joyiz deganlar degan javobni ukidim. Shunda mening xolatimda kanday buladi. Bankdagi boshlikmi, farroshmi bogbonmi xammaga bank uz daromadidan oylik tulaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fuqaholar “To‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit ishiga aralashilmasa ishlash joiz” deb aytganlar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 198 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fuqaholar “To‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit ishiga aralashilmasa ishlash joiz” deb aytganlar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 198 | Halol va harom