Savdoda narx oshishi
Assalomu alaykum! Biz un savdosini yo‘lga qo‘ydik. 107.500 so‘mdan un oldik va 115.000 so‘mdan sotyatgan edik. Boshqa joylarda 120.000 edi. Keyin birjada un 125.000 so‘mga chiqdi. Biz nima qilamiz? O‘zi qishloqda joylashganligi uchun kam ketadi. Biz ham 125.000ga(qolgan joylar 135000) narxni ko‘tardik. Bu nato‘g‘rimi? Biz 115dan sotishimiz kerakmidi? Agar 115dan sotsak un sotuvchilar ham bizdan olib 135.000 somdan sotib qo‘ya qolishadiku? Hali 100 qop un bor, agar o‘rtacha hisoblasa u bir oydan ham ko‘proq vaqtda sotiladi. U kunlargacha obed, har kunlik chiqimlar bor. Endi qolgan 60 qopni 115dan sotib puliga 50 qop olib kelamizmi? Bunday bo‘lmasa kerak-a? Menga shunaqa deyishyapti, nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Narni ko‘tarsangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Narni ko‘tarsangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat