Qadarga qanday iymon keltiriladi?

Assalomu alaykum! Qadarga iymon keltirmasdan o‘lgan odam do‘zaxga tushar ekan, shu haqida xadis o‘qidim. Qadarga qanday iymon keltiriladi, tilda va dilda qadar, taqdir bu bari Allohdan, yaxshilik va yomonlik ham deyishning o‘zi kifoya qiladimi? Yoki qadarga iymon keltirgan odam hayoti davomida uchraydigan turli qiyinchilik va boshqalarga siqilib turli qadarga to‘g‘ri kelmaydigan, misol: nega unaqa, nega bunaqa, nimaga degan turli savollar berishi uning qadarga mukkammal iymon keltirmaganiga dalil bo‘lib iymon keltirmagan bo‘ladimi? Umuman olgan qadarga iymon keltirib va shu holatda vafot etish qanday bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qadarga iymon keltirmaslik uni to‘liq inkor qilish bilan bo‘ladi. Bazida inson og‘zidan chiqadigan zohiran xato gaplarga istig‘for aytiladi, tavba qiladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:19 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar