Fermada ishlash

Assalomu alaykum! Bir do‘stim chet elda fermada ishlaydi. Kurkalarni so‘yishar ekan. Lekin xo‘jayinlari, ora-orada ya’ni 2000 ta kurkadan 300 ga yaqinini "qanday yo‘l bilan bo‘lsayam qonini chiqarmasdan o‘ldir" deyishar ekan. Sababi 2000ta kurkadan o‘sha 300 ga yaqini tanasi rivojlanmay qolganlari ekan va infeksyaning oldini olish uchun shunaqa qonini chiqarmasdan o‘ldirishga buyurar ekan. "Keyin biz bo‘ynini sindirib qonini chiqarmasdan o‘ldiramiz. Shunaqa qilib o‘ldirsa gunohsha qolamanmi?" deb so‘rayabdi do‘stim. Keyin yana bir biri bilan urushib yaralanib, qanoti sinib, yoki boshqa jarohat olgan kuralarni "tiriklayin axlatga tashlanglar" deyishar ekan. Keyin kurkalar o‘sha erda o‘zi, 3-4 kunlarda o‘lib qolarkan. Bu ham o‘sha ehtiyotkorlik yuzasidan. "Lekin barbir ham gunoh emasmi?" deb so‘rayabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kurkani qonini chiqarmay o‘ldirsa u butkul harom bo‘ladi. 2). O‘sha kurkalarni iste’mol qilish mumkin bo‘lsa shar’iy yo‘l bilan so‘yish lozim. Aks holda isrofga qo‘l urgan bo‘lasiz. Agar mutlaq iste’molga yaroqsiz darajada zararlangan bo‘lsa ularni eng engil ozorsiz uslubda o‘ldirish kerak. عن شداد بن أوس قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: إن الله كتب الإحسان على كل شيء، فإذا قتلتم فأحسنوا القتلة، وإذا ذبحتم فأحسنوا الذبحة، وليحد أحدكم شفرته، وليرح ذبيحته. رواه مسلمShaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Albatta Alloh har narsaga ehsonni bitgandir. O‘ldirsangiz, bu ishni pishiq bajaring. Zabh qilsangiz zabhni pishiq bajaring. Sizlardan biringiz tig‘ini o‘tkirlasin, zabihasiga engillik qilsin.”
Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

1 Oktabr 2022, 17:27 | Savol-javoblar | 125 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar