Realga ishlash

Assalomu alaykum! Men bozorda ishlayman, meni qiynayotgan savol shuki yaqinda bir ish boshladim. Realga narsa oberaman masalan oberayotgan narsamni o‘zi tanlab oladi. 500 mingga obersam 600-650 ming qilib olaman. Roziligi bilan kunlik xaftalik yoki oylik qilib berishadi. Shu qilayotgan ishim to‘g‘rimi yoki riboga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval sotib oling keyin nasiyaga sotavering. Pulini ham nasiyaga sotganda oling. Avvaldan pulini olib keyin sotmang. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar