"Mustalahul hadis" kitobidagi hadis

Assalamu alaykum. Yangi kitoblaringiz chiqyapti, xursand bo‘ldim. Bu erga ko‘p kirmasamda kitoblaringizni o‘qiyman. Yangi chiqqan "Mustalahul hadis" kitobingizdan foydalanayapman, o‘zi shu ilmni o‘rganyatgan edim. Tushunishga yordam beradi. Lekin bir joyida teskari narsa yozilib qolibdi. O‘sha kitobning 41-betida Usululfiqh ulamolari orasida mashhur hadisga misol qilib bir hadisni keltiribsiz va shu hadisni 6 sahih kitobda va ulardan keyingi kitoblarda ham uchramaydi debsiz. Bu hadis Buxoriy va Muslimning kitobida bor ekan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bor bo‘lsa, kitobning aniq bosmasi, qachon chop qilingani va qaysi betidan, qaysi lafz bilan kelganini aniq qilib yozing. Boshqalarning kitobidan emas, aynan immo Buxoriy va Muslimning kitobidan.

4 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 164 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar