Konda ishlayman
Assalomu alaykum! Ustozlar namozimni barkamol o‘qishni istayman. Ammo ishim sababli imkon bo‘lmayabdi. Men konda ishlayman u erda namoz o‘qish uchun sharoit yo‘q pok-toza joy emas. Imo ishora bilan namoz o‘qish uchun ham pok-toza joy bo‘lishi kerak fikrimcha yoki imo ishora bilan u erda namoz o‘qishim joizmi? Ishim 8 soatlik ish yoz kunlari namozni to‘liq ado etsa bo‘layabdi. Qish kunlarida qazo bo‘lib qolyabdi. Ustozlar sizlardan shuni so‘raymanki bunday vaziyatda namozimni to‘liq va barkamol ado etishimda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi. Yoki qazosini o‘qish bilan kifoyalanamanmi. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh sizu bizga faqat yaxshiliklarni bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kon toza joy hisoblanadi. Biror hayvon najosati, axlati bo‘lmasa bo‘ldi. Siz ishora bilan namoz o‘qimang, to‘liq o‘qing. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 136 | Namoz