Er-xotin orasidagi qarz

Assalomu alaykum! Xotin eriga qarz bersa bo‘ladimi va bu qanday holatlarda mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda er xotinning mulki alohida alohida hisoblanadi. Shuning uchun kimni moli nisobga etsa zakot o‘shanga vojib bo‘ladi. shunday bo‘lganidan keyin har kim o‘zini molini begonaga qarz beranidek yaqinlariga ham qarz berishi mumkin. Shu qatori er xotin ham bir birlariga qarz berishlari ham mumkin. Bu kimlargadir g‘alatiroq tuyulsada aslida shariat birovga o‘tib ketishligini qattiq qoralaydi. Oilaviy tijorat qiluvchilar tijoratda kimni o‘rni qandayligini aniqlab qo‘yishlari shart. Chunki ulardan biri vafot topib ortidan merosxo‘rlar qoldirsa kimni hissasi qancha bo‘lishligi aniq bo‘lishi kerak. Xususan balog‘atga etmagan etimlari bo‘lsa bu yanada qattiqroq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 21:32 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar