Qurbonlikni so‘yishdan oldin kelishib olish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, otam qurbon hayiti kuni bir tanishlari bilan gaplashib qo‘yni so‘yib kilosiga pul berishga gaplashibdilar. O‘sha tanishlarini o‘zi so‘yib pulini olib roziman deb ketibdi. So‘ygan haqqiga alohida pul berib rozi qilibdilar. Savolim shuki 3580 savolda kilosiga pul berishga kelishilsa bo‘lmaydi deyilgan ekan. Biz ilmsizligimiz tufayli shunaqa qilibmiz. Bu qilgan qurbonligimiz qabul bo‘lmaydimi? Axir islomda bilmasdan qilingan ishga gunox yozilmaydiku. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qurbonlik ado bo‘lmagan. Bitta qo‘yning qiymatini sadaqa qilib yuborish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar