Yolg‘on guvohlik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustoz, yolg‘on guvohlik berish katta gunohi kabiraligini bildim. Telefonimni avtobusda o‘g‘irlatdim, militsiya xodimlari bir oydan keyin topib berishdi. O‘rikzordagi bir magazin bir ayolga sotibdi. Militsiya xodimi telefonimni qaytarib qo‘limga topshirtirdi. Telefonimni o‘g‘irlaganlar uch kishi edi, ikkitasi esimda, bittasini eslab qolmaganman. Militsiya va magazinchi yonida bu gaplarni aytdim. U odam telefonimni o‘g‘irlamaganimni aytdi, lekin telefonim o‘g‘irlaganidan hayratlanmadi, kimdan olganini aytmadi ham. Militsioner pulim ham bor edi deb aytasiz, telefonimningizni kimdan olganini shunda aytadi, o‘g‘rilarni topamiz dedi. Og‘zaki,lekin baribir yolg‘on guvohlik berdim. Yana guvohlik berishga chaqiramiz, kelasiz deyishdi, xo‘jayinimga tushuntirdim bormayman, ayting ularga deb. Xo‘jayinim gaplashdilar, boshqa bezovta qilishmadi. Lekin keyin nima gap bo‘ldi bilmayman. Boshida ilmsizligim tufayli o‘g‘rilarga yordam berganku deb o‘zimni ovutdim, endi bo‘lsa bu ishimni oxiratdagi javobidan dahshatga tushyapman. U odamning ham, militsiya xodimining ham ism-sharifini bilmayman, oradan salkam ikki yil o‘tdi, bir marta ko‘rganman, endi tanimasam kerak. Gunohimni qanday yuvay, maslahat bering. Ajratgan vaqtingizga rozi bo‘ling. Sizni Alloh asrasin, o‘zi mukofotlasin. Oldindan katta rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istig‘for ayting. Boshqa bunaqa qilmang. Ehtiyotan qancha pul qo‘shib aytgan bo‘lsangiz o‘shancha pulni faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuboring. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar