Ro‘zamni buzishga majbur bo‘ldim

Assalomu alaykum! Men ramazon oyi ro‘zani bir kun qasddan ochishga majbur bo‘ldim. Chunki ro‘zamning uchinchi kuni chidab bo‘lmas bosh og‘rig‘i paydo bo‘ldi. Keyingi kun ham tutolmadim kuch to‘plab olish uchun. Endi men shu ikki kun uchun kafforat to‘laymanmi, yoki qazo ro‘zamni tutib beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatan chorasiz qolgan bo‘lsangiz qazo tutib berasiz. Kafforot vojib emas. Bundan keyin shunday holat bo‘lsa teri ostiga ukol olsangiz ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar