Hali hayot Ota-Ona uchun do‘zax, qabr va oxirat azoblaridan panoh so‘rash

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, men har tong o‘z vaqtida bomdod namozini ado etaman. Namoz oxirida duo qilganda Allohdan Ota-Onamni umrlarini uzoq qilishini va O‘z panohida asrashini so‘rayman. Shu bilan birga garchi ular tirik bo‘lsalarda Yaratgandan har namozimda ularni qabr, do‘zax va oxirat azoblaridan xalos etib, jannatiy bo‘lishlarini iltijo qilaman. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu ish nafaqat to‘g‘ri, balki farzandning vazifasi ham hisoblanadi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu haqida Xattobning eshagi iymon keltirsa keltiradi, ammo Umar iymon keltirmaydi – degan gap bo‘lgan. Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ey Robbim dinni Umar yoki Amr bilan quvvatlantir” deb duo qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qatl qilish uchun ylga chiqqan Umar roziyallohu anhu uyiga iymon keltirgan holatda qaytdilar. Shuning uchun farzandlar doimo ota-onasinin haqqlariga duo qilishlari, hidoyat topmasalar sabr qilishlari va aslo Allohdan noumid bo‘lmasliklari kerak.
Yaqinda bir kishi ota-onasini umraga olib borib  keldi. U 70 yoshga yaqinlashsada ziyoli, diyoviy ilmlarni yaxshi egallagan inson bo‘lsada peshonasi sajdaga tekkanini hech ko‘rmagan edi. Farzandlari doimo ota-onasi haqqida duoda bo‘lar, o‘zi solih deb bilgan kishilardan haqlariga duo so‘rar edi. Kuni kecha farzandi Allohning rahmati naqadar cheksiz ekanligini jo‘sh urib ko‘zida yosh bilan aytib berdi. Ming bir xayolda umraga bordik. Havosi ota-onamga munosib kelarmikin, qiyinchilikka qolib ba’zilar kabi bu erlarga nega keldim o‘zi, issiq sahro joylar ekan demasmikin. Ikki rak’at namoziga 100.000 rak’atni savobini nasib qilarmikin deb kelib bunday ulug‘ joylarda qilingan bir gunoh ishning gunohi ham o‘shancha darajada bo‘ladi deyilgan edi. O‘sha gunoh bilan ortga qaytmasmikin degan xavfda edim. Madina shahriga etib borishimiz bilan ikkisi ham betob bo‘lib qolishdi. Avvalgi xavfim yanada ziyoda bo‘ldi. Kechqurun bir vaqtgacha ularni dori darmoni muolajasi bilan bo‘lib, ikkisini qoldirib o‘z xonamga chiqib ketdim. Ertalab barvaqt hollaridan xabar olish uchun kirganimda ota-onam yig‘lab turishgan ekan. Meni yana qo‘rquv bosdi. Ishqib bu erlarga bekor kelibmiz deyishmasin deb ularga qaradim, holini so‘radim. Dadamning og‘zidan chiqqan so‘z meni xushimdan ketkazay dedi. Menga qarab “Bugun tush ko‘ribman, tushimda Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. Nihoyatda go‘zal kishi ekanlar, oppoq kiyimda menga qarab  xush kelibsiz deb iltifot ko‘rsatdilar” dedi. Shunda bandaning gunohi har qancha bo‘lsa ham agar astoydil tavba qilsa bir ondayoq tushida payg‘ambarlarni ko‘radigan maqomga chiqarib qo‘yishni shohidi bo‘ldim. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar