oila va turmush
Assalomu alaykum! Savolim shuki ayol kishi ehtirosli tush ko‘rsa g‘usl qilishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uyg‘onganida urug‘ to‘kilib ich kiyimi nam bo‘lsa, g‘usl qilish lozim. Chunki unda ehtilom bo‘lgan bo‘ladi. عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: جَاءَتْ أُمُّ سُلَيْمٍ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ اللهَ لَا يَسْتَحْيِي مِنَ الْحَقِّ فَهَلْ عَلَى الْمَرْأَةِ مِنْ غُسْلٍ إِذَا احْتَلَمَتْ؟ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: نَعَمْ، إِذَا رَأَتِ الْمَاءَ، فَقَالَتْ أُمُّ سَلَمَةَ: يَا رَسُولَ اللهِ وَتَحْتَلِمُ الْمَرْأَةُ؟ فَقَالَ: تَرِبَتْ يَدَاكِ فَبِمَ يُشْبِهُهَا وَلَدُهَا. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Ummu Sulaym Nabiy sollAllohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi va: «Ey Allohning Rasuli, albatta, Alloh haqdan hayo qilmaydi. Ayol kishi ehtilom bo‘lsa, g‘usl qiladimi?» dedi. Rasululloh sollAllohu alayhi vasallam: «Ha, suvni ko‘rsa» dedilar. Bas, Ummu Salama: «Ey Allohning Rasuli, ayol kishi ham ehtilom bo‘ladimi?» dedi. U zot sollAllohu alayhi vasallam: «Qo‘lginang qurisin, bo‘lmasa bolasi unga nimadan o‘xshar edi?!» dedilar». Uchalalari rivoyat qilganlar. Sharh: Rasululloh sollAllohu alayhi vasallamdan savol so‘rab kelgan sahobiya ayol – Ummu Sulaym hazrati Anas ibn Molik roziyallohu anhuning onalari bo‘ladi. U kishi Ummu Sulaym kunyalari ila mashhur bo‘lganlar. Shuning uchun ham ismlarini aniqlashda ulamolarimiz bir oz tortishganlar. Ba’zilari Sahla desalar, boshqalari Rumayla, uchinchilari yana boshqa ismni aytganlar. Ummu Sulaym binti Milhon Xazrajiya, Najjoriyadirlar. U kishi Abu Talha roziyallohu anhuga turmushga chiqqanlar. Ummu Sulaym o‘ta dindor, ahli fazl ayollardan bo‘lganlar. O‘g‘illari Anas roziyallohu anhuni kichiklik chog‘larida Payg‘ambarimiz sollAllohu alayhi vasallamning xizmatlariga berganlar. Shu sababdan ham Payg‘ambarimizning oilalariga tez-tez kelib turar va turli hodisalarga guvoh bo‘lib, savollar so‘rab turar edilar. Ummu Sulaym roziyallohu anhoning ismlari ko‘pgina hadislarda zikr qilinadi. «Ehtilom» degani «tushda jinsiy yaqinlikni ko‘rmoq», «uyquda bulg‘anmoq», deganidir. Ummu Sulaym roziyallohu anho odatda ayol kishi erkak kishidan so‘rashga hayo qiladigan savolni so‘rashdan oldin: «Ey Allohning Rasuli, albatta, Alloh haqdan hayo qilmaydi» dedilar. Bu, shuning uchun men ham hayo qilmay, bir haq narsani so‘ramoqchiman, deganlaridir. Men so‘raydigan savol aslida hayo qilish lozim narsa. Lekin haqni bilish yo‘lida hayo qilmasligimga ijozat bering, deganlaridir. Hamma musulmon xalqlarda ham hayoli narsalarni so‘rashdan oldin shunga o‘xshash uzr ma’nosidagi, misol uchun, ba’zi joylarda «endi «shariatda sharm yo‘q», so‘rayveramiz-da», kabi iboralar ishlatiladi va hokazo. Mazkur muqaddimadan so‘ng Ummu Sulaym roziyallohu anho bevosita savolga o‘tib: «Ayol kishi ehtilom bo‘lsa, g‘usl qiladimi?» dedi. Bu savolni Payg‘ambarimizdan faqat Ummu Sulaymgina so‘ragan emas. Balki bir necha sahobiya ayollar ham so‘raganlar. Jumladan, Xavla binti Hakiym, Busra va Sahla binti Suhayl roziyallohu anhumolar ham so‘raganlar va ularning hadislarini muhaddislarimiz rivoyat qilganlar. Ehtimol, u kishilar shu holatni boshlaridan kechirganlar va dinimizning bu boradagi hukmini aniqlab olish uchun, gunohkor bo‘lmaslik uchun uyatni yig‘ishtirib, savol berganlar. Alloh ulardan rozi bo‘lsin, ularning shar’iy va ilmiy jasoratlaridan hosil bo‘lgan foydadan musulmonlar avloddan-avlodga foydalanib kelmoqdalar. Ummu Sulaym roziyallohu anhoning savollariga Payg‘ambarimiz sollAllohu alayhi vasallam: «Ha, suvni ko‘rsa», dedilar. Ya’ni, xotin kishi tushida jinsiy aloqani ko‘rsa-yu, keyin maniyni ko‘rsa yoki sezsa, unga g‘usl vojib bo‘ladi. Ammo tushida jinsiy aloqani ko‘rsa-yu, kiyimida, badanida maniy ko‘rmasa, boshqa bir alomatni sezmasa, g‘usl qilmaydi. Bu hukm erkak kishiga ham tegishli. Aksincha, tushida hech narsani ko‘rmasa ham, lekin maniyni ko‘rsa, g‘usl qiladi. Payg‘ambarimiz sollAllohu alayhi vasallam bilan Ummu Sulaym roziyallohu anhoning oralarida bo‘lib o‘tayotgan bu savol-javobni eshitib turgan Ummu Salama onamiz ham uyaldilar (boshqa rivoyatda «Ummu Salama yuzini berkitib oldi», deyilgan), ham ajablandilar. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollAllohu alayhi vasallamga savol berib: «Ey Allohning Rasuli, ayol kishi ham ehtilom bo‘ladimi?» dedi. Ummu Salama onamizning bu savollaridan ba’zi ayollar ehtilom bo‘lmasliklari bilinadi. Bo‘lmasa, u kishi bu savolni bermas edilar. Ummu Salama onamizning bu savollariga Payg‘ambarimiz sollAllohu alayhi vasallam: «Qo‘lginang qurisin, bo‘lmasa bolasi unga nimadan o‘xshar edi?!» deb javob berdilar. «Qo‘ling qurisin» iborasi arabchada «taribat yadaak» deyiladi. Ma’nosi esa «qo‘ling tuproqqa qorishsin», ya’ni, «kambag‘al bo‘lgin», deganidir. Lekin arablarda yaxshi ma’noda ham ishlatilaveradi. U faqat yomon duo deb tushunilmaydi. Bunga o‘xshash iboralar boshqa musulmon xalqlarda ham bor. Misol uchun, ba’zi joylarda «ha, sho‘ring qurisin-a», deyiladi. Demak, bolaning ota-onasiga o‘xshashi bejiz emas ekan. Ayol kishida ham maniy mavjud ekan. Faqat ba’zi ayollarda jinsiy aloqadan boshqa paytda, masalan, uyquda ham maniy chiqar ekan. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Shariatdagi haqni bilish uchun hayo qilmaslik. 2. Sahobiya ayollarning haqni bilishga qiziqqanlari. 3. Ayol kishining ehtilom bo‘lishi. 4. Ayol kishi ehtilomdan keyin maniy suvini ko‘rsa yoki sezsa, unga g‘usl vojib bo‘lishi. 5. Ehtilomdan keyin suvni ko‘rmasa, g‘usl vojib emasligi. 6. Ayol kishida maniy suvi borligi. 7. Ba’zi ayollar ehtilom bo‘lmasligi. 8. Bolaning ota-onaga o‘xshashi ularning maniysi orqali bo‘lishi. Bu haqda, ya’ni, erkak va ayolning maniysi bolalarning ularga o‘xshashiga sabab bo‘lishi masalasida ushbu hadisning boshqa rivoyatlarida qo‘shimcha ma’lumotlar kelgan. Hozir ana shu hadislarni o‘rganamiz. (“Hads va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 202 | Oila va turmush