Qaynota taloq bersa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Bir tanishim ruxiy betob bo‘lib ya’ni majnun bo‘lib qolgan. Shunda bemorligi 7 yildan buyon betob, o‘zini bilmaydi. Ayoli o‘zini uyiga qaytib ketgan endi ayol turmushga chiqmoqchi. Shariatda erini o‘rniga qaynota va qaynona taloq bersa bo‘ladimi? Uni xukmi qanday? Eri xech qachon ayoliga taloq bermagan. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni qoziga murojaat qilinadi. Agar qozi ahvolni o‘rganib chiqib, haqiqatan majnun ekanligini tasdiqlasa qozi ikkisining orasidagi nikohni bekor qilish haqqiga ega. 1). Buning uchun ayol majnunning chidab bo‘lmas darajada ekanligini isbot qiladi.2). Qozi da’voni o‘rganib chiqadi. 3). Erni yaqinlariga davolatishga bir yil muhlat beradi. Bir yil to‘lgach ayol yana ajrashish arizasini bersa qozi nikohni buzadi. Agar ayol o‘sha majlisda ajratishini talab qilsa qozi o‘sha majlisda ajratadi. Bu taloq hisoblanmaydi, balki nikohni bekor qilish hisoblanadi. (Fatavoi Hammodiya va Al hiylatul naajiza). Qozi ajratgandan boshlab ayol iddaga o‘tiradi, iddasi chiqqach boshqa turmush qilishi mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 22:05 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar