Namoz vaqti kirmasidan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bilamizki namoz vaqtida farz qilingan. Namangan vaqtida shom nomozi 16:51 da edi, birodarimiz bilmasdan 16:48 da o‘qidi keyin men boshidan o‘qib olish kerak dedim. Jiyanim “menimcha 3 minut hech narsa qilmaydi, uni nomozi durust” dedi. Bilmay gapirma deb izlash xizmatidan ko‘rsatdim. Minuti yo‘qligi uchun ishonmadi, u birodarimizning nomozi durustmi? Qimmatli vaqtingizni ayamay javob berayotganiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uch minutda quyoshning bir bo‘lagi botib qolgani botmagan bo‘ladi. Quyosh to‘liq botmasdan avval esa shomning vaqti kirmagan bo‘ladi. Shuning uchun qayta o‘qib olish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar