Chaqaloqni kafanlash

Assalomu alaykum! Yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etib qolsa kafanlash, qabrga olib borish va dafn etish to‘g‘risida batafsil malumot bersangizlar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolalarning kafani Masala: Agar balog‘atga etmagan o‘g‘il bola yoki qiz bola vafot etsa, hali yigit-qiz bo‘lmasa-yu lekin unga yaqin bo‘lsa, o‘g‘il bolani uch mato ila kafanlash va qiz bolani besh mato ila kafanlash durusdir. Agar qiz bolani beshning o‘rniga uch va o‘g‘il bolani uchning o‘rniga ikki mato ila kafanlansa ham kifoyadir. Maqsad balog‘atga etmagan o‘g‘il va qiz bolalarning kafanining hukmi erkak va ayolning kafanining hukmi kabidir. Bolig‘ erkak va ayollar uchun bu hukm ta’kidlangan va nobolig‘lar uchun yaxshiroqdir. Masala: Qaysi o‘g‘il yoki qiz bola, yigit-qizlik yoshiga yaqin ham bo‘lmagan juda yosh vafot etgan bo‘lsa, o‘g‘il bolani erkaklar kabi uch va qiz bolani ayollar kabi besh mato ila kafanlash yaxshidir. Agar o‘g‘il bolani faqat bir va qiz bolani faqat ikki mato ila kafanlansa ham durut bo‘ladi. Janoza namozi va dafn marosimi oddatga ko‘ra bo‘ladi. Masala: Qaysi go‘dak tirik paydo bo‘lgan bo‘lsa, so‘ng bir ozdan keyin yoki paydo bo‘lish bilan bilanoq vafot etsa, uni ham qoidaga binoan yuviladi va kafanlab namoz o‘qiladi. So‘ng dafn qilinadi va unga biror ism ham qo‘yiladi. Masala: Qaychi go‘dak onasining qornidan o‘lik paydo bo‘lgan vaqtda tiriklikning biror alomati bo‘lmasa, uni ham shunday yuviladi, lekin qoidaga binoan kafanlanmaydi. Aksincha biror bir matoga o‘rab, dafn qilinadi. Unga janoza namozi ham o‘qilmaydi. Albatta unga biror ism qo‘yish lozim. Masala: Agar homila tushib ketsa, go‘dakning qo‘l-oyoqlari, yuz, burun va boshqa a’zolari bir oz paydo bo‘lmagan bo‘lsa, uni yuvish va kafanlashning birortasi qilinmaydi. Aksincha biror matoga o‘rab bir chuqur kavlab qo‘miladi. Agar o‘sha go‘dakning biror a’zosi paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning hukmi o‘lik paydo bo‘lgan go‘dakning hukmi kabidir. Ya’ni, ism qo‘yiladi va yuviladi. Lekin qoidaga ko‘ra kafanlanmaydi va namoz o‘qilmaydi. Matoga o‘rab dafn qilinadi. Masala: Tug‘ilish vaqtida go‘dakning faqat boshi chiqsa va o‘sha paytda u tirik bo‘lib so‘ng vafot etsa, uning hukmi o‘lik paydo bo‘lgan go‘dakning hukmi kabidir. Albatta agar undan ortiq qismi chiqib kelgandan keyin vafot etsa, u tirik paydo bo‘lgan hisoblanadi. Agar u bosh tarafdan paydo bo‘lgan bo‘lsa, ko‘kragigacha chiqishi bilan aksar qismi chiqqan hisoblanadi va agar teskari paydo bo‘lsa kindigigacha chiqishi lozimdir.  Janoza namozini o‘qish tartibi Avvalo mayyitni o‘ng tarafi qiblaga qilinib jamoatning oldiga qo‘yiladi. So‘ng imom mayyitning ko‘kragining ro‘parasida tik turadi. Barcha kishilar bu niyatni qiladilar: نويت أن أصلي صلاة الجنازة لله تعالى ودعاء للميت. Mayyit uchun duo bo‘lgan janoza namozini xolis Alloh taolo uchun o‘qishni niyat qildim.  So‘ng namozdagi kabi ikki qo‘lini qulog‘i barobaricha ko‘tarib, bir bor “Allohu Akbar”, deydi va namozdagi kabi qo‘llarini boshlab kindigi ostiga qo‘yadi. So‘ng: سُبْحانَكَ اللَّهُمَّ وبِحَمْدِكَ، وَتَبَارَكَ اسْمُكَ، وَتَعالى جَدُّكَ، وَلاَ إلهَ غَيْرُكَSubhanakallohumma va bihamdika va tabaaroka ismuka va ta’aalaa jadduka va laa ilaaha g‘oyruk. «Allohim! Sening O‘zingni poklab yod etaman va Senga hamdu sano aytaman. Isming muborak bo‘ldi. Sha’ning oliy bo‘ldi. Sendan boshqa ilohu ma’bud yo‘q».  So‘ng yana bir bor «Allohu Akbar», deydi, lekin ikki qo‘lini qo‘tarmay, bog‘langan holida qoldiradi. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytadi. Namozda o‘qiladigan salavot eng afzalidir. اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ اللَّهُمَّ بَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ.  «Allohumma solli ala Muhammadiv va ala Aali Muhammad. Kama sollayta ala Ibrohiyma va ala Ali Ibrohiym. Allohumma barik ala Muhammadiv va ala Ali Muhammad. Kama barokta ala Ibrohiyma va ala Ali Ibrohiym. Innaka hamiydum majid». «Ey, bor Xudoyo, Muhammad alayhissalomga O‘zingning ziyoda rahmatlaringni nozil qilginMuhammad sollallohu alayhi vasallamning ahli baytlari ham. Xuddi Ibrohimga va Ibrohim ahli baytlariga o‘z rahmatingni nozil qilganingdek. Albatta, Sening O‘zing maqtalgan, ulug‘langan zotsan. Ey, bor Xudoyo, Muhammadga va Muhammad ahli baytlariga o‘z barakangni nozil qil. Xuddi Ibrohim va Ibrohim ahli baytlariga o‘z barakangni nozil qilganingdek. Albatta, Sening O‘zing maqtalgan, ulug‘langan zotsan». So‘ng yana bir bor «Allohu Akbar», deydi va yana ikki qo‘lini qo‘tarmay, bog‘langan holida qoldiradi. So‘ng ushbu duoni o‘qiydi:اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِحَيِّنَا وَمَيِّتِنَا وَشَاهِدِنَا وَغَائِبِنَا وَصَغِيرِنَا وَكَبِيرِنَا وَذَكَرِنَا وَأُنْثَانَا اللَّهُمَّ مَنْ أَحْيَيْتَهُ مِنَّا فَأَحْيِهِ عَلَى اْلإِسْلاَمِ وَمَنْ تَوَفَّيْتَهُ مِنَّا فَتَوَفَّهُ عَلَى اْلإِيمَانِ“Alohummag‘fir li hayyinaa va mayyitinaa va shaahidinaa va g‘oibinaa va sog‘iirinaa va kabiirinaa va zakarinaa va unsaanaa. Allohumma man ahyaytahu minnaa fa ahyihi alal Islaami va man tavaffaytahu minnaa fa tavaffihi alal iymaan”. «Ey bor Xudoyo! Tirigimizni va o‘ligimizni, hozirimizni va g‘oyibimizni, kichigimizni va kattamizni, erkagimizni va ayolimizni mag‘firat qilgin. Ey bor Xudoyo! Bizdan kimni tiriltirsang, Islomda tiriltirgin. Bizdan kimni vafot etdirsang, iymonda vafot etdirgin». Ba’zi hadislarda bu duo ham kelgan: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لَهُ وَارْحَمْهُ وَعَافِهِ وَاعْفُ عَنْهُ وَأَكْرِمْ نُزُلَهُ وَوَسِّعْ مُدْخَلَهُ وَاغْسِلْهُ بِالْمَاءِ وَالثَّلْجِ وَالْبَرَدِ وَنَقِّهِ مِنَ الْخَطَايَا كَمَا نَقَّيْتَ الثَّوْبَ اْلأَبْيَضَ مِنَ الدَّنَسِ وَأَبْدِلْهُ دَارًا خَيْرًا مِنْ دَارِهِ وَأَهْلاً خَيْرًا مِنْ أَهْلِهِ وَزَوْجًا خَيْرًا مِنْ زَوْجِهِ وَأَدْخِلْهُ الْجَنَّةَ وَأَعِذْهُ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ أَوْ مِنْ عَذَابِ النَّارِ. “Allohummag‘fir lahu varhamhu va aafihi va’fu anhu va akrim nuzulahu va vassi’ mudxolahu vag‘silhu bil maai vas salji val barodi va naqqihi minal xotoyaa kamaa yunaqqos savbul abyazu minad danasi va abdilhu daaron xoyron min daarihi va ahlan xoyron min ahlihi va zavjan xoyron min zavjihi va adxilhul jannata va aizhu min azaabil qobri va azaabin naar”«Ey bor Xudoyo, uni mag‘firat qilgin va rahm qilgin, ofiyatda qilgin, afv qilgin, tushar joyini hurmatli qilgin, kirar joyini keng qilgin. Uni suv, qor va do‘l bilan yuvgin. Oq kiyimimning kirini tozalaganidek, uning xatolarini poklagin. Uning hovlisi o‘rniga yaxshiroq hovli bergin, ahli o‘rniga yaxshiroq ahl bergin, jufti o‘rniga yaxshiroq juft bergin. Uni jannatga kiritgin. Unga qabr azobidan yoki do‘zax azobidan panoh bergin». Agar shu ikki duoni jam qilib o‘qilsa, afzal bo‘ladi. Hadislarda bu o‘rinda boshqa duolar ham o‘qilgani keladi. Agar mayyit balog‘atga etmagan o‘g‘il bola bo‘lsa, ushbu duoni o‘qiladi.  اللَّهُمَّ اجْعَلْهُ لَنَا فَرَطًا وَاجْعَلْهُ لَنَا أَجْرًا وَذُخْرًا وَاجْعَلْهُ لَنَا شَافِعًا وَمُشَفَّعًا. “Allohumaj’alhu lanaa farotov vaj’alhu lanaa ajrov va zuxrov vaj’alhu lanaa shaafi’av va mushaffa’aa”«Ey bor Xudoyo! Uni bizga farat qilgin va uni bizga ajr va (savob) zaxirasi qilgin. Uni bizga shafoat qiluvchi va shafoati qabul bo‘lgan qilgin». Agar balog‘atga etmagan qiz bola bo‘lsa, ushbu duoni o‘qiladi.  اللَّهُمَّ اجْعَلْهَا لَنَا فَرَطًا وَاجْعَلْهَا لَنَا أَجْرًا وَذُخْرًا وَاجْعَلْهَا لَنَا شَافِعَةً وَمُشَفَّعَةً. “Allohumaj’alhaa lanaa farotov vaj’alhaa lanaa ajrov va zuxrov vaj’alhaa lanaa shaafi’atav va mushaffa’ah”«Ey bor Xudoyo! Uni bizga farat qilgin va uni bizga ajr va (savob) zaxirasi qilgin. Uni bizga shafoat qiluvchi va shafoati qabul bo‘lgan qilgin». So‘ng yana bir bor “Allohu Akbar”ni aytadi va qo‘llarini tushirib, namozdagi kabi ikki tarafga salom beradi. Shu bilan janoza namozi tugaydi. Masala: Agar kim janoza namozaning yuqorida aytilgan duolarini bilmasa, اللهم اغفر للمؤمنين والمؤمنات deb duo qilsin. Agar buni ham ayta olmasa, imom takbirlarni aytgan vaqtda o‘zi eshitadigan qilib takbirlarni aytsin. Shu bilan ham janoza namozi ado bo‘laveradi. Chunki qolgan salovat, durud va duolar sunnat amal hisoblanadi, farz emas. Janoza namozida qiroat qilish, tashahhud o‘qilmaydi. Masala: Janoza namozidan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish makruhdir. Sunnatda sobit bo‘lgan emas. Chunki janoza namozining o‘zi mayyitning haqqiga duo qilishdir. Masala: Janoza namozi imom va muqtadining ikkisi haqida bir xil bo‘lib, imom takbir takbir va salomni balan va muqtidi past ovozda aytishidagina farq bor. Qolgan barcha amallarda ikkisi ham o‘zlari eshitadigan holda qiladilar.   Masala: Janoza namozida hozir bo‘lganlarni uch saf qilib turgizishlik mustahab hisobladi. Janozaga qatnashganlar etti kishi bo‘lsalar ham, birlari imom bo‘lib oldinga o‘tishi, birinchi safga uch kishi, ikkinchi safga ikki kishi va uchinchi safga bir kishi turishi mustahab sanaladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 22:05 | Savol-javoblar | 219 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar