Xochga oxshab ketadigan buyumlar

Assalomu alaykum!  Xo‘jaynimla uyga xochga o‘xshab ketadigan devorga osma svetilnik obkeldilar.  Bir birodarlaridan bu mumkunmi deb so‘rasalar, mumkun faqat niyatga bog‘liq deb javob beribdilar. Mani savolim, shu haqida dinimizada nima deb aytilgan?  Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa dindagi aniq belgi va shiorlar bo‘lsa, mumkin emas. Tabiiy o‘xshashlik bo‘lsa, ixtiyori. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar