Bug‘doy dehqon

Assalomu alaykum! Bizda ya’ni Farg‘onada dehqon qishda kelib “aka 2 tonna bug‘doy yoki 300 ta somonga pul bering narhi bilan” deydi va biz hisoblab beramiz. Keyin yozda kelib olib keting deydi hisoblab olib kelib uyga qo‘yamiz. Qishda ishlatib qolganini ozroqdan keyin bozorda sotamiz. Shu holatimizni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buni salam savdosi deyiladi. Sotuvchi “mana bu ekilgan bug‘doydan” deb mutlaqo tayin qilmay “Sizga qaerdan bo‘lsa ham 2 tonna bug‘doy etkazib beraman” deb pul olsa joiz. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/maqola/610 

6 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar