Musofir imom

Assalomu alaykum! Muqim muqtadiylar, musofir imom 1-tashahhudda ikki tomonga salom berishini kutishadimi yoki o‘zlari tashahhud o‘qib o‘zlari davom ettiraverishadimi? So‘ng qiroat qilmasdan tez-tez ruku, sajda qilib qolgan 2 rak’atni o‘zlari tugatishadimi? Tajvidi yaxshi bo‘lsa har doim musofir, muqtadiylarga imom bo‘lsa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Muqim muqtadiylar musofir imomning salom berishini kutishadi. So‘ng 3-4-rak’atlarda qiroat qilmasdan ruku’ va sajdani to‘liq qilib 2 rak’atni tugatishadi. 2). Joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar