Farzand haqqi
Assalomu alaykum! Alloh sizlarga behisob ajru-mukofotlar bersin. Ummatning hakimi - Ashrof Ali Taxonaviy rahimahullohning farzandlarning haqlarini bir-birlariga qorishtirib yubormaslik haqidagi so‘zlarini Yorqinjon qorining ma’ruzasida eshitgandik. Bundan ancha ko‘nglimiz og‘ridi. Sababi ko‘pchilik oilalar xususan biz ham ilmsizligimiz sabab bu xolatga anchagina beparvomiz. Zabonsiz ojiz chaqaloqning haqlarini suiste’mol qilarkanmiz. Astag‘firulloh. Shundan so‘ng har qaysi insonda quyidagi savollar tug‘ilishi tabiiy: Suyunchi, dekret va shu kabi jamiki go‘dak un olinadigan pullarni onalari o‘z ehtiyoji un ishlatishlari yoki buvilari olib qo‘yishlari mumkinmi? Yoki faqatgina chaqaloqning o‘ziga qo‘shimcha ovqat, dori-darmon va kiyimlari un sarf etiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda insonlar bilmagan hollarida bolalarining kelajagini barbod qilishmoqda. Ularni o‘zlarining orzusini amalga oshirishi uchun eksplutatsiya qilishmoqda. Agar ota-ona bolaning yoshligidan boshlab mol mulkini to‘g‘ri tasarruf qilishsa bola ilm olish yoshiga etganida kamolati uchun bo‘ladigan hama harajatlari tayyor bo‘ladi. Bola ilm olish, kamolot hosil qilishga o‘z mablag‘idan bemalol foydalana oladi. Mana shu narsa bola uchun ham ota-ona uchun ham eng to‘g‘ri yo‘ldir. Chnki ilmga tikilingan mablag‘ hamma vaqt yaxshi natija beradi. Ota-ona farzandining mablag‘idan qarzga olib ishlatishi va keyin o‘rniga qo‘yib qo‘yishi mumkin. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 22:27 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar