Uch toifa odam haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Ustozlar, men bir hadis eshitgandim «uch kishiki jannatni xidini xam xidlamaydi doimi aroq ichuvchi, ota onasiga oq bo‘lgan va qilganini minnat qilgan» deyilgan. Shunday hadis bormi? Alloh ilmilarni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:  Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamlar jannatga kirmaydilar: ota-onasiga oq bo‘lganlar, dayuslar, erkakshoda ayollar». Nasoiy, Bazzor, Hokim rivoyati. Ammor ibn Yosir roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamlar hech qachon jannatga kirmaydilar: dayuslar, erkakshoda ayollar, xamr (mast qiluvchi narsa)ga mukkasidan ketganlar», dedilar. «Yo Rasululloh, xamrga mukkasidan ketganni, bilamiz. Dayus kim?» deb so‘rashgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ahlining huzuriga kim kirayotganiga parvo qilmaydigan kimsa», deb javob berdilar. «Erkakshoda ayol kim?» deb so‘rashgan edi: «O‘zini erkaklarga o‘xshatadigan ayol», dedilar. Tabaroniy rivoyati. (Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiyning “Gunohi kabiralar” kitobidan). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar