Silai raxmni buzish va g‘iybat

Assalomu alaykum! Yoshim 21da. so‘rashim to‘g‘rimi yokmi javob olishim kerak. Shikoyatga o‘xshab tuyulsa xam. Allohga shukur namoz o‘qiyman. Oyim o‘qimaydilar. Lekin oyimni juda bir yomon odatlari bor. Buvim Dodam, Tog‘am bilan ancha oldin urshib qolishgan gaplashishmaydi. Buvim Dodamga xam salom bermaydilar. (Bizdan ularga shu qaytishidan qo‘rqaman). Biznikiga tog‘am kelsalar xam ularni xar xil so‘zlar bilan xaqorat qilib yomonlaydilar bizni xam gaplashtirmaydilar, juda ko‘p g‘iybat qiladilar. Oyi kechirimli bo‘ling, bu gunox, g‘iybat qilganizda ularga savobizi berasiz yoki o‘zizga ularni gunoxini olasiz xam menga xam gunox, maruzada eshitkanian g‘iybat qilinayotgan joyda o‘tirib eshitganligi uchun bir bola azoblangan ekan, g‘iybatizi eshtishim menga xam yomon desam, menga "Otin oyi"lik qilma o‘zim bilaman, men seni onangman bolangmas deb jerkib beradilar. O‘zim va ular xaqida ko‘p o‘ylayman. Nasixat eshitish va qilish uchun yosh kota va kichik bo‘lmaydi deb eshitkanman. Iltimos maslaxat beringlar. Telegram kanaldani savollarni oyim kuzatib boradilar. Buni o‘qib zora qaytsalar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu dunyo vaqtincha, oxiratning azobini oldida bizni “muammo” degan muammolarimiz, g‘ururimiz, hatto kimlardadir bo‘lsa milard miliard pullarimiz changchalik ham qadri qolmaydi. Biz hammamiz nima qilib bo‘lsa ham Alloh rozi bo‘ladigan ishlarni qilib azobdan qutilib qolishga harkat qilishimiz kerak. Shuning uchun oxiratni ko‘z oldiga qo‘yadiganlar birovning malomatiga ham maqtoviga ham hech qanday parvo qilishmaydi. Robbisining norozi qiladigan holatdan o‘ta qattiq qo‘rqishadi. Allohning buyruqlariga amal qilmaslikni haqiqiy halokat deb bilishadi. Aslida ham shunday, siz har qanday holatda ham farzandsiz, chiroyli yo‘l bilan qaytishlariga yordam bering, ammo onangiz ustidan aslo hukm chiqarmang. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar