Paypoqqa masah tortish
Assalamu alaykum! Bir ilm tolibi paypoqqa mash tortishlik xususida to‘rt mazhabning kitoblaridan aniq misollar keltirib, “Hanafiy mazhabida paypoqqa mash tortish joiz. Sahobalar payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni paypoqqa mash tortganlarini ko‘rdik deganlar” deb fatvo bergan ekan. Yana uning aytishicha sahobalardan “oyoqdagi narsa ma’lum masofagacha yirtilmasligi, suv o‘tkazmasligi, o‘zi tik turish kerak” degan gap-so‘z yo‘q, faqat “payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni paypoqqa mash tortganlarini ko‘rdik deganlar” dedilar. Agar paypoq qalin bo‘lishligi, ma’lum masofagacha yirtilmasligi yoki o‘zi tik turadigan bo‘lishligi lozim bo‘lganda payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu haqda aytib o‘tar edilar – deb, har qanday paypoqqa mash tortish joiz deb yuribdi. Shu masalani yoritib beringlar, iltimos! Juda ham uzun yozdim ming bor uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishining nazdida Abdulloh ibn Mas’uddek sahobalarga shogird bo‘lgan minglab tobe’inlar bu hadislarni ko‘rmaganlari va tushunmaganlari kelib chiqadi. U tolibi ilm suv chiqarmoqchi bo‘lib quduq qazishni boshlagan bo‘lsa, yana ozroq qazisin. Shunda o‘zi aytayotgan gapining asl haqiqatini topadi. Alloh taolo Muhammad alayhissalomni rasullikka tanladi. U kishining zamonasidagi kishilarni sahoba bo‘lishga tanladi. Ummatlaridan Abu Hanifa, Shofi’iy, imom Molik va imom Ahmad ibn Hanbaldek fuqaholarni ummatning muqtado(ergashtiruvchi)si bo‘lishga tanlagan. Shofi’iy, Molikiy va Hanbaliy fuqaholarining jumhuri “Yupqa paypoqqa mash tortish mumkin emas” deganlar. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 166 | Tahorat