Hazratga tashakkurlar aytaylik

[size=12pt]Assalomu alaykum Shayh hazratlari.Sizga ushbu maktubni yozishdan oldin ancha o‘yladim. Riyo bo‘lib qolmasin deya cho‘chidim. Ammo ba’zi bir sabablarga ko‘ra hamda ushbu maktubni o‘qigan boshqalarni ham xayrga jalb qilish maqsadida yozishga qaror qildim.Allohga hamdlar bo‘lsin, hozirgi kunda dinimizni o‘rganish uchun o‘z tilimizda turli kitoblar va boshqa vositalar bisyor. Ularning ichida eng ishonchlisi sizning kitoblaringiz va ushbu sayt deb o‘ylayman. Buning uchun sizga rahmat. Alloh sizdan, oila a’zolaringizdan va ushbu xayrli ishlarga sababchi bo‘layotgan barcha azizlarimizdan rozi bo‘lsin!Doim sizni kitoblaringizni o‘qib kelaman. So‘ngi oylarda sizning muallifligingizdagi bir nechta kitoblarni o‘qib chiqdim. Alhamdulillah ancha manfaat oldim va bundan so‘ng dinimizni o‘rganish maqsadida muntazam ravishda kitob o‘qishlik niyatidaman.So‘ngi marta o‘qigan kitobim - "Olamlarga rahmat payg‘ambar" kitobingizdan juda ta’sirlandim. Islomning bizga etib kelishi nihoyatda og‘ir kechgani, Islomni er yuziga tarqalishida Payg‘ambarimiz alayhissalom va sahobalar igna bilan quduq qazigan kabi, balki undanda ziyoda mashaqqat chekkanlarini his qilib Islomning, iymonning shukrini qilishimiz lozimligini yanada teranroq angladim alhamdulillah. Va buning shukri esa Islomni o‘rganib, unga amal qilish bilandir. Bu yo‘lda so‘ngi imkonimizgacha ishga solib harakatda bo‘lmog‘imiz kerak deb o‘ylayman.Sizga ko‘plab tashakkurlar aytaman. Haqqingizda duodamiz. Sizning ham duolaringizdan umidvormiz.Assalomu alaykum. [/size]
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Doimo duolaringizda bizlarni esdan chiqarmanglar.

6 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 152 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar