Meros xakida

Assalomu alaykum! Bir tanishim so‘rab berishni iltimos qildi. Er xotindan 5 nafar farzantlari bo‘lib ularni ma’lum bir qismini er xotin birga uylab joylagan ma’lum bir qismini er vafotidan so‘ng xotin o‘zi tasarufiga olgan. Endi shu uyda barcha farzanlarni meros xaqqi bormi? Uyda qolgan farzant onasini uddasidan chiqishi kerakmi? Xozirda onaga uyda qolgan farzand tomonidan bee’tibor ekanligi ona bu farzand va kelindan zulumda ekanligi uchun bizning dinimizda ular xaqida nima deyilgan va ushbu farzant meros olish xaqqi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Barcha farzandlarning merosga haqqi bor. Bu haqni Alloh taolo Qur’oni karimda haq qilib belgila qo‘ygan. Shuning uchun hatto oq bo‘lgan farzandning ham merosini berish kerak bo‘ladi. Uyda qolgan farzand ota-onasiga yaxshi muomalada bo‘lishi kerak. Ularning xizmatini qilib, roziligini olishi kerak. Siz aytgan zulm holatlari umuman musulmon farzandga to‘g‘ri kelmaydi. Buning uchun u gunohkor bo‘ladi. Lekin bu uni merosdan mahrum qilishga sabab bo‘la olmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar