Radyo‘ xaqida

Assalomu alekum OLLOX sizga kuch quvvat ixlos shijoat bersin. Navro‘z radyo‘sida xikmatli dunyo eshittirish berilar ekan biz tamonlarda yani qaroqolpoqistonda navro‘z radyo‘ kanali tushmaydi menimch xarazmda xam tushmaydi shu xikmatli dunyo eshittirishinggizni boshqa kanal masalan o‘zbekiston mashal yoki yoshlar radyo‘ kanalida bersanggiz o‘zi yarim yoki bir soat bo‘lsa shuni iloji bordur.shunga yordam bersanggiz juda ulug‘ ish bo‘lardi iltmos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Radiodan boshqa imkoniyatlar juda ko‘p. Masjidga boring. Kitob o‘qing. Kitoblar juda ham ko‘p. Disklarni olib istaganingizcha eshiting va ko‘ring. O‘sha radioda qo‘yilgan gaplar ham disketda chiqadi. Radioni kutib o‘tirasiz. Qaytarib eshita olmaysiz. Disklarni esa, istagan vaqtingizda, istagan marta qayta eshitishingiz mumkin.

6 May 2022, 23:32 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar