Kitobni asl nusxasini sotib olish
Assalomu alaykum! Men tibbiyot oliygoxida ta’lim olaman. Shifokor juda ko‘p kitoblarni o‘qishi, bilim olishi kerak va shu kitoblarning aksariyati xorijiy mualliflarga tegishli. Yakinda bir muallifning kitobini nusxasini ko‘chirib, chiqartirib oldim. Lekin bir-ikki kishidan eshitishimcha, mualliflik xuquqi bor va muallifning ruxsatisiz kitobdan nusxa olish mumkun emas ekan va aytishlaricha, pul yig‘ib faqat kitobning asl nusxasini sotib olish kerak. Lekin men oddiy talabaman va dunyo tan olgan bu kitoblarni asl nusxasini sotib olishga xambu mualliflar bog‘lanishga xam sharoitim yo‘q. Shu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Birovdan olib turib o‘qing. Hamma zamonda ham o‘qish pul talab qilgan. Haqiqiy o‘qimoqchi bo‘lganlar eb ichish, kiyishdan tejab kitob olishga sarflagan. Diniy ilmlarni oluvchi o‘quvchilarga ham minglab kitoblar zarur bo‘lgan. Buning uchun ularning ota-onasi tadbir qilganlar. Orzu havas, hatto kunlik taomlanish adadini ham qisqartirishgan. Imom Buxoriyning otasi hozirgi tilni bilan aytganda miliarder bo‘lganlar. O‘zlari shuncha boyligimga bir tillo ham shubhali narsa aralashmagan deganlar. Imom Buxoriy umrlarini oxirigacha o‘sha molni sarflaganlar. Hatto oxirida yashab turgan uylarini ham sotishga majbur bo‘lganlar. Imom Muhammad mujtahid olimni ham otalari miliarder bo‘lganlar. Abu Yusuf rahmatullohi alayh mujtahid olim bo‘lganlar. Butun harajatlarini ustozi Abu Hanifa rahmatullohi alayh ko‘targanlar. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning o‘zlari esa zamonalarining milarderi bo‘lgan. Bu kabi misollarni minglab keltirishimiz mumkin, bundan kambag‘alni bolasi omiligicha qolaverar ekanda degan natijaga rozi bo‘lib qolavermaslik kerak. Bolani sepi, dang‘illama uy, qimmat mashina o‘rniga butun topganini yig‘ib bolani ilmiga sarflash kerak. Kambag‘allik ilm olish uchun kitob o‘g‘irlashga sabab bo‘lolmaydi. Qarz olib bo‘lsa ham sotib olib, vaqti kelganida qarzni to‘laysiz. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 23:32 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom